Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to'g'risida
2021-yil 18-noyabr kuni Moskva shahrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari oliy darajadagi Rossiyaga kutilayotgan tashrifga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yaqin aloqalarni davom ettirish va o'zaro qo'llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.
Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Vazirlar axborot va biologik xavfsizlik sohasida qator ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o'rtasida 2022-2023-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.