Rossiya Elchisi bilan uchrashuv

2021-yilning 12-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Oleg Malginovni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini O'zbekistondagi faoliyat boshlanishi bilan tabrikladi hamda unga yuksak va mas'uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Oliy va yuqori darajada bo'lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi ko'rib chiqildi.

Muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo'yicha ham fikr almashildi.