Rossiya diplomatlari bilan uchrashuv haqida

2021-yil 14-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Andrey Rudenko, shuningdek, Rossiyaning Qozog'istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Borodavkin, Qirg'izistondagi Elchisi Nikolay Udovichenko, Tojikistondagi Elchisi Igor Lyakin-Frolov, O'zbekistondagi Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Suhbat chog'ida tomonlar mintaqaviy hamkorlikning turli jihatlari bo'yicha fikr va mulohazalar almashdilar, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. 

Xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg'onistondagi vaziyatga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlarning BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida jadal hamkorlik olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.