Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Qirg‘iziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Taalatbek Masadikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosat kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining ijobiy sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, uning xalqaro xavfsizlikka ta’siri, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi, shuningdek, afg‘on xalqiga favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

***

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatilla Irgashev Qirg‘iziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Taalatbek Masadikov bilan muzokaralar o‘tkazdi, unda ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorligiga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.