Portugaliya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to'g'risida

2021-yil 16-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryusselga tashrifi doirasida Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Augusto Santush Silva bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar chog'ida turli darajadagi tashriflarni tashkillashtirish, vazirliklararo maslahatlashuvlarni o'tkazish, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarning bir-birini qo'llab-quvvatlashi orqali siyosiy muloqotni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

To'qimachilik, farmasevtika, agrar va sayyohlik sohalarida hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muzokaralar yakunida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to'g'risida anglashuv memorandumi imzolandi.