O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi xabari
Rossiya iste’molchilar huquqlari va inson farovonligi himoyasi sohasida nazoratni amalga oshirish Federal xizmati saytida joylashtirilgan axborota ko‘ra, “yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi saqlanib qolayotgan sharoitda aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotgan xorijiy talabalar COVID-19ga PZR usuli bilan ikki marta – Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelishdan ko‘pi bilan uch kun oldin hamda Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgandan so‘ng 72 soat mobaynida test topshiradilar”.
2021-yil 16-fevral holatiga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirib kelishlari, jumladan, o‘qish maqsadida kelishlari uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilgani yo‘q. Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2020-yil 16-martdagi 635-r-sonli qarorida (2021-yil 3-fevraldagi o‘zgarishlar bilan) ko‘rsatilgan shaxslar toifalari bundan mustasno.
Shu munosabat bilan, Elchixona Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oladigan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatga kirishga huquqi bo‘lgan fuqarolar toifasiga kirmasligini yana bir marotaba eslatib o‘tadi.