O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi axboroti

Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2021-yil 16-martdagi 639-r-sonli Qaroriga binoan, chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlovchi fakultetlar tinglovchilariga o‘qishni davom ettirish uchun Rossiyaga kirishga ruxsat berilgan.

Rossiya Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tartibga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga o‘qish uchun 25  mamlakat fuqarolari kirishi mumkin. 2021-yil 23-mart holatiga ko‘ra, Rossiya taʼlim muassalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasiga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishi uchun ochiq davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqida qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya Federatsiyasi ilm-fan va oliy taʼlim vazirligiing Situatsion markazga murojaat qilish tavsiya etiladi:

Telefon: +7(495)198-00-00

Elektron manzil: scminobr@mail.ru.