O‘zbekistonning Aqtau shahridagi yangi Bosh konsuli tayinlandi

Atabek Tursinbekov O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsuli etib tayinlandi.

A.Tursinbekov 1987-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan.

2009-2017-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan.

Oilali. Ikki farzandning otasi.

Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.