Oʻzbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari oʻrtasidagi telefon muloqoti toʻgʻrisida
2021-yilning 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbat chogʻida tomonlar davlat rahbarlarining uchrashuvi samarali boʻlgani, erishilgan kelishuvlar va imzolangan ikki tomonlama kelishuvlarning keng koʻlamli hamda koʻp qirrali ekanligini taʼkidladilar. Mintaqalararo hamkorlik forumi, taʼlim va media-forum kabi oliy darajadagi tashrif doirasida imzolangan mustahkam hujjatlar toʻplamiga ham eʼtibor qaratildi.
Ikki tomonlama muloqotni davom ettirish, sammit davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan doimiy monitoring va nazoratni taʼminlash zarurligi qayd etildi.