Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining Pokistonga boʻlajak amaliy tashrifi toʻgʻrisida
2021-yilning 10-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasiga boradi.
Uchrashuv va muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mintaqaviy aloqalar sharoitida muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilga moʻljallangan oliy va yuqori darajadagi qoʻshma tadbirlar jadvalini ham koʻrib chiqadilar.