O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Markaziy Osiyo mamlakatlariga amaliy tashrifi to‘g‘risida
2021-yilning 16-18 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Tashrif doirasida Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yo‘laklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.