O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2021-yilning 29-iyun O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4-davrasi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Iyd al-Saqafiy boshchilik qilishdi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda rivojlanish istiqbollarini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muhokama qildilar.

Suhbat chog‘ida Saudiya tomoniga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari, o‘zaro savdo hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, tomonlar uchun ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

2021-yil 15-16-iyul kunilari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Saudiya Arabistoni tomonining yuqori darajada ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralarda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi