O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
2021-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Elchisi Deniyel Rozenblyum imzoladilar.