O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining bayonoti
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi.
Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi.
Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz.