O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston 2021-yil 15-oktabr kuni Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralaydi.

Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish harakatlarini olqishlaymiz.

O‘zbekiston Hukumati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.

Toshkent, 2021-yil 16-oktabr