O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning G‘arb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi go‘yoki yaqin joylashgan davlatlar uchun xavf tug‘dirayotgani borasidagi asossiz bayonotlar tarqalishi kuzatilayotganini qayd etadi.
Bir qator OAVda O‘zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go‘yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida tarqalayotgan ma’lumotlarning mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga e’tibor qaratamiz.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yaroqlarni ishlab chiqarish va to‘plashning taqiqlanishini ta’minlaydi.
O‘zbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayyan keskinlikni keltirib chiqaradi va, eng muhimi, o‘zaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar yetkazadi, deb hisoblaymiz.