O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida Bitim kuchga kirganligi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida Bitim 2021-yil 18-fevraldan kuchga kirdi.
Bitim ikki mamkalat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va atrof muhitni himoya qilish sohalarda aloqalarni rivojlantirish va faollashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatda ikki davlat mintaqalari o‘rtasida bevosita turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish kelishuvi aks ettirilgan.
Mazkur hukumatlararo Bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul etib belgilangan.