O'zbekiston Elchisi Yaponiya Imperatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

2021-yil 27-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya Imperatori Naruxitoga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bo'lib o'tgan suhbat chog'ida Yaponiya imperatori O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarga yuksak baho berdi.

O'zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi ijobiy suratlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Rasmiy Tokio O'zbekistonni Markaziy Osiyoda muhim davlat sifatida hisoblashi hamda respublika bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdorligi ta’kidlandi.