O‘zbekiston Elchisi Iroq Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2021-yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi Elchisi Bahrom A’loyev (qarorgohi Quvaytda) Iroq Prezidenti Barham Solihga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat davomida Iroq rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga birinchi bor mamlakatga elchi tayinlagani uchun minnatdorchiligini bildirdi. Mazkur qaror O‘zbekiston-Iroq aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi. Siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.