O'zbekiston Elchisi Gruziya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Baku shahrida) Bahrom Ashrafxonov Gruziya Prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog'ida Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so'radi.