O‘zbekiston delegatsiyasining ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki to‘g‘risida

2021-yil 13-14-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Uchrashuv chog‘ida Tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qiladi. Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga ShHTning ko‘maklashishi borasida fikr almashiladi.