Oʻzbekiston delegatsiyasining Qatarga amaliy tashrifi toʻgʻrisida
2021-yilning 10-11-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida boʻladi.
Boʻlajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.