O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengash vazirlar uchrashuvidagi ishtiroki to‘g‘risida

2021-yil 11-12-oktabr kunlari Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI  yig‘ilishida ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish masalalari, shuningdek Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat muhokama qilindi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

12-oktabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi.