O'zbekiston delegatsiyasining MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishidagi ishtiroki to'g'risida

2021-yil 13-14-oktabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Minsk shahrida bo'lib o'tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etadi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar Hamdo'stlik doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarni va xalqaro kun tartibidagi mavzularni, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining bo'lajak sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlarini muhokama qiladilar.