O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi to‘g‘risida

2021-yilning 29-iyul – 2-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi.

Tashrif dasturida Tashqi ishlar vazirligi, parlament, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yashil o‘sish global instituti (GGGI) va Koreya Respublikasining boshqa idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar, shuningdek, Inchhon shahridagi Koreya-O‘zbekiston biznes markazi faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.