O‘zbekiston delegatsiyasining “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumidagi ishtiroki to‘g‘risida

2021-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 14-hamkorlik forumida ishtirok etadi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashiladi.