Oʻzbekiston delegatsiyasining boʻlajak “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumida ishtiroki toʻgʻrisida
2021-yilning 30-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining toʻqqizinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga (Tojikiston) tashrif buyuradi.
Forumda Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga yordam berish maqsadida xavfsizlikni taʼminlash hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro ishonchni mustahkamlash choralarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.