O‘zbekiston delegatsiyasining Antaliya diplomatik forumida ishtirok etishi to‘g‘risida
2021-yilning 18-19-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan Diplomatik forumda ishtirok etish uchun Antaliyaga tashrif buyuradi.
Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.