O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2021 yil 1-2 - aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi hamda Tashkilot doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar. Amaldagi hamkorlik dasturlari hamda MDH Davlatlar rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan yangi hujjatlar loyihalari muhokama qilinadi.