Niderlandiya Elchisi bilan uchrashuv
2021-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskvada shahrida joylashgan) Xilles Arno Besxor Pluxni qabul qildi.
Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib, Vazir uni mas’ul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Elchining kasbiy tajribasi o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston va Niderlandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy muloqotni, shu jumladan, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlik doirasida aloqalarni faollashtirish hamda parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishdan ikki tomon ham birday manfaatdorligi qayd etildi.