Liviya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashuv

2021-yil 4-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Sidikov Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 46-yillik Majlisi ishida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Liviya Davlati Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Umar Muhammad Saleh bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Liviya aloqalarining dolzarb jihatlari, shuningdek, tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi doirasidagi o'zaro hamkorligi masalalari ko'rib chiqildi.

Har ikki mamlakatning savdo va iqtisodiyot, ta'lim, madaniyat va turizm kabi yo'nalishlarda aloqalarni faollashtirishdan manfaatdorligi ma’lum qilindi.

Muzokaralarda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasida ham fikr almashildi.