Latviya Elchisi bilan uchrashuv
2021-yil 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Reynis Trokshni qabul qildi.
Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir Elchini masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi hamda uning ko’p qirrali O‘zbekiston-Latviya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida ishlashiga umid bildirdi.
Suhbat chog'ida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va turli darajadagi bo'lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.
Tomonlarnig siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishdan birday manfaatdorligi ma'lum qilindi.
O‘zbekiston va Latviyaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi va ayrim mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.