J.Borrel va Y.Urpilaynen bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-yil 22-noyabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Josep Borrel hamda Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O'zbekiston-Yevropa hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qildilar. 

Xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir mavzular, jumladan, Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.