Janubiy Koreyada O‘zbekiston Prezidenti saylovi boshlandi

Bugun erta tongdan O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun tashkil etilgan 17-Seul va 18-Kvanju saylov uchastkalari siyosiy jarayon ko‘tarinki kayfiyatda va o‘zgacha shukuh bilan boshlandi.

Ikkala saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari Davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Saylovda fuqarolarimiz ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligi talablariga muvofiq tarzda ovoz berish jarayonida munosib ishtirok etmoqda.

Vatandoshlarimiz O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi, davlat rahbarligiga nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari, milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan tanishgani holda, o‘zlari hohlagan nomzodga ovoz bermoqda.

Saylovda ishtirok etayotgan fuqarolarimizning aksariyatini yoshlar tashkil etadi va ular orasida ilk marta ovoz berayotganlar yoshlardan bir-nechtasini suhbatga chorladik.

- Men saylovda ishtirok etib, o‘zim har jihatdan munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim, – deydi Haydarjon Qo‘shoqov. – Albatta, men ovoz bergan nomzod ishonchimizga munosib bo‘lib, yurtimiz kelajagi va Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadi.

Janubiy Koreyada ovoz berish jarayoni davom etmoqda.