“Hindiston-Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining bo‘lajak uchrashuvi to‘g‘risida

2021-yilning 19-20-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Dehli shahriga tashrif buyuradi.

Tadbir ishtirokchilari Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, Muloqotning institutsional asoslarini mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari, mintaqalararo o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.