E.R.Shaismatovni "Do'stlik"ordeni bilan mukofotlash to'g'risida
Davlat boshqaruvi organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish, ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi sermahsul faoliyati, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-noyabrdagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor Elichisi Ergash Rahmatullayevich Shaismatov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi E.Shaismatovni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etadi!
E.Shaismatov 1951 yili Toshkent viloyatida tug'ilgan.
Toshkent politexnika institutini tamomlagan.
Turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vaziri (1999-2001 - yillar.), “O'zbekenergo” DAK raisi (2001-2006 - yillar), O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari (2006-2018 – yillar) sifatida faoliyat yuritgan,
2018-yildan – O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
Turmush qurgan. To'rt farzandning otasi.