E.Mora bilan uchrashuv haqida

2021-yil 1-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Furqat Sidikov Toshkent shahriga siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajali muloqotida ishtirok etish uchun kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afg'onistondagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni O'zbekiston tomonidan bevosita afg'onlararo muzokaralarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va Afg'onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko'maklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan faol chora-tadbirlarni yuqori baholadi.