Dushanbe shahrida davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston muzokaralari bo‘lib o‘tdi

2021-yilning 20-25-dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida 2021-yilda o‘tkazilgan topografik-geodeziya, aerofotosurat va demarkatsiya ishlari yakunlari sarhisob qilindi hamda 2022-yilga mo‘ljallangan ishchi guruhlar yig‘ilishlari jadvali kelishib olindi.

Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston hududida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar  do‘stona muhitda o‘tdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi.