Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston muzokaralari to‘g‘risida

2021 yilning 17 – 22 may kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasi doirasidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegaralarida demarkatsiya ishlarini muhokama qildilar, demarkatsiya qilish liniyasi loyihasini hamda o‘zbek-tojik davlat chegarasida chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashdilar.

Tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasida demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv do‘stona va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi.

Tadbir yakuni bo‘yicha Protokol imzolandi.