Buyuk Britaniya davlat vaziri bilan uchrashuv

2021-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakatning xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Turli shakllarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, uning istiqbollari va bu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zaro hamkorlik uchun imkoniyatlar muhokama qilindi.