“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish to‘g‘risida
2021-yil 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov onlayn shaklda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari hamkorligi bo‘yicha “Iqtisodiy rivojlanish uchun epidemiyaga qarshi hamkorlikni mustahkamlash” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Ushbu makromintaqa tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadigan tadbirda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hududida koronavirus pandemiyasi oqibatlarini tezroq bartaraf etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash va uning o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.