Axborot xabari
Afg‘onistondagi yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, yaqin hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan ehtimoliy tahdidlar va xavf-xatarlarga javob qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining 2021-yil 23-avgust kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi.