AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari bilan muzokaralar to‘g‘risida
2021-yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va USAID o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Afg‘onistondagi vaziyat va mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatishning ahamiyati xususida fikr almashildi.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, O‘zbekistonning "COVID-19"ga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.