AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2021-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Amerika hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat va Afg‘onistondagi voqealar rivoji yuzasidan fikr almashildi.