Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv toʻgʻrisida

2021-yilning 23-fevral kuni Qobul shahriga amaliy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Afgʻoniston konstruktiv hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan, siyosat, xavfsizlik, savdo, investitsiya va boshqa sohalardagi oʻzaro munosabatlar muhokama qilindi.

Afgʻoniston tomoni mamlakat rahbariyatining Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni va uning iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish boʻyicha Oʻzbekistonning izchil saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi.

Muloqotda tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa masalalari boʻyicha ham fikr almashdi.

Afgʻoniston tomoni joriy yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.