Abdulaziz Kamilov Xorvatiya va Estoniyaning yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi
2021-yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xorvatiya Respublikasi va Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilari (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Refik Shabanovich va Toomas Tirsni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, elchilarni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida O‘zbekiston-Xorvatiya va O‘zbekiston-Estoniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.
Mintaqadagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.