Turkiya Elchixonasiga tashrif
2020-yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston rahbariyati nomidan Vazir Turkiyaning sobiq Bosh vaziri Ahmet Mesut Yilmazning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi va Elchixonada ochilgan Ta’ziya kitobiga tegishli qayd kiritdi.