TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga binoan, Toshkent vaqti bilan soat 19.30 holatiga ko‘ra Turkiyaning g‘arbiy qismida 2020-yil 30-oktabrda sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Mamlakatimizning Anqarada shahridagi Elchixona va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Izmir viloyatining Tezkor shtabi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.
Jarohat olgan hamyurtlarimiz to‘g‘risida ma’lumot aniqlanganda, zarur yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilshingizni so‘raymiz (tel.: +90 212-323-20-36/37).