Misr Elchisi bilan uchrashuv
2020-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Amira Fahmiyni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olib, Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Misr munosabatlarining hamda BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish istiqbollari bo‘yicha hamda turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Anvar Ilyasov olgan surat