Bo‘lajak “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” uchrashuvidagi ishtirok to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2020-yil 17-noyabr kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” 16-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, o‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari va mintaqalararo aloqalarni ilgari surishning amaliy jihatlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.